MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ERTAKTERAPIYA VOSITASIDA METAKOGNITIV KO'NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Muxiddinova Dilfuza Sherdor qizi
Cited by: 0

Abstract

mazkur maqolada maktabgacha 5–7 yoshdagi bolalarda metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirishda ertakterapiya texnologiyalaridan foydalanish asosida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining mazmuni, bosqichlari va natijalari yoritilgan. Tadqiqot aniqlovchi, shakllantiruvchi va yakunlovchi bosqichlarda tashkil etilib, tajriba va nazorat guruhlari misolida metakognitiv jarayonlarning rivojlanish darajalari qiyosiy tahlil qilindi. Ovoz chiqarib o'ylash, jurnalist metodi, kross-sektor va so'rovnoma kabi metodlardan foydalanish bolalarning tahlil qilish, taqqoslash, refleksiya va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatgani statistik jihatdan asoslandi. Olingan natijalar ertakterapiya texnologiyalarining maktabgacha ta'lim jarayonida didaktik samaradorlikni oshirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi.

Fields of Study & Subjects

Early Childhood Education and Development Developmental and Educational Neuropsychology Education Methods and Practices

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 January 2026
Language
RU