MAKTABGACHA TA'LIM FAOLIYAT MARKAZLARIDA TA'LIM JARAYONINI DAVLAT DASTURI ASOSIDA TASHKIL ETISH
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat markazlari orqali ta'lim jarayonini Davlat o'quv dasturi talablari asosida tashkil etishning nazariy- metodik jihatlari yoritiladi. Tadqiqotda markazlashgan ta'lim modeli bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim jarayonini optimallashtirishdagi o'rni tahlil qilinadi. Shuningdek, faoliyat markazlarining mazmuni, ularning didaktik imkoniyatlari, pedagogning jarayonni boshqarishdagi roli hamda bolalarning mustaqil faoliyatini rag'batlantirish mexanizmlari ilmiy asosda ko'rib chiqiladi. Maqola maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, davlat standartlari va o'quv dasturida belgilangan kompetensiyalarni shakllantirishda faoliyat markazlarining samaradorligini ochib berishga qaratilgan.
Fields of Study & Subjects
Early Childhood Education and Development
Education Methods and Practices
Education Systems and Policies
Publication details
- Journal / source
- CyberLeninK (CyberLeninka)
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- RU