OROLBO'YI HUDUDIDA YASHOVCHI AYOLLARDA SUT BEZI SARATOMASINING METASTAZLANISH XUSUSIYATLARI VA GISTOLOGIK TAHLILI

Read full text
Authors: A.A. Xodjaniyazov, B.S. Yuldashev, M.X. Xadjimuratova
Cited by: 0

Abstract

Sut bezi saratoni butun dunyo bo'ylab ayollar orasida eng ko'p uchraydigan xavfli o'sma hisoblanadi. GLOBOCAN 2020 ma'lumotlariga ko'ra, har yili 2,3 milliondan ortiq yangi holat qayd etilmoqda. Quyi Orolbo'yi hududi o'ziga xos ekologik mintaqa bo'lib, Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik falokat sababli aholining sog'lig'iga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Havoga ko'tarilgan pestitsid qoldiqlari va og'ir metallar, tuproqning sho'rlanishi, ichimlik suvi tanqisligi — bularning barchasi hudud aholisida, ayniqsa ayollarda surunkali va onkologik kasalliklar xavfini sezilarli darajada oshirgan. Epidemiologik tadqiqotlar Orolbo'yi hududida saraton kasallanish ko'rsatkichlari Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalariga nisbatan yuqori ekanligini ko'rsatgan. Biroq, ushbu ekologik jihatdan noqulay hududda sut bezi metastatik raklarining patomorfologik xususiyatlari yetarli darajada o'rganilmagan bo'lib, bu hududga xos skrining va davolash strategiyalarini ishlab chiqishni qiyinlashtirmoqda.

Fields of Study & Subjects

Breast Lesions and Carcinomas Breast Cancer Treatment Studies Global Cancer Incidence and Screening

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
3 February 2026