MUSIQA DARSLARI SAMARADORLIGINI O'STIRISHDA SUN'IY INTELLEKTNING TA'SIRI

Read full text
Authors: D.Yu. Ruziev
Cited by: 0

Abstract

bugungi kunda inson aqlini taqlid qila oladigan va odatda insonning aqliy qobiliyatlarini talab qiladigan vazifalarni bajaradigan dasturiy va apparat tizimlarini yaratish va rivojlantirish bilan shugʻullanadigan sun'iy intellektga ehtiyoj oshib bormoqda. Sun'iy intellektning asosiy maqsadi – ma'lumotlarni tahlil qilish, tajribadan bilim olish, qarorlar qabul qilish, muammolarni hal qilish va inson qobiliyatiga oʻxshash harakatlarni bajarishga qodir. Sun'iy intellekt tibbiyot, moliya, avtomobilsozlik, ta'lim, san'at va boshqa koʻplab sohalarda qoʻllaniladi. Sun'iy intellekt tajriba bilan oʻrganish va yaxshilash, oʻzgaruvchan sharoit va muhitga moslasha oladigan tizimlarni yaratishga intiladi. Sun'iy intellektning muhim xususiyati katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash va undagi naqshlarni topish qobiliyatidir, bu esa uni tahlil qilish va prognozlash uchun kuchli vositaga aylantiradi. Mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg'or pedagogik hamda raqamli texnologiyalarni joriy qilish, ta'lim samaradorligini oshirishga e'tibor kuchaytirildi. Ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar so'nggi yillarda tizimda sezilarli o'zgarishlarni keltirib chiqardi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, musiqa ta'limiga qo'yiladigan talablar o'zgardi. Endilikda musiqiy ta'lim tizimi faqat nazariy musiqiy ma'lumot, tushuncha, kuy va qo'shiqlarni kuylash hamda tinglashni o'rgatish bilan cheklanilmaydi. Balki sun'iy intellekt orqali o'quvchilarning musiqa sohasida ijodiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham shakllantirishga qaratiladi. Shu jihatdan mamlakatimiz musiqa ta'limi jarayonida musiqiy ta'lim faoliyatlarini sun'iy intellekt yordamida tashkil etishda zamonaqviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishiga erishish muhim hisoblanadi.

Fields of Study & Subjects

Artificial Intelligence in Education Artificial Intelligence Applications Educational Technology and Pedagogy

Publication details

Journal / source
CyberLeninK (CyberLeninka)
Publication date
1 January 2026
Language
RU