RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN (RDB) DASTGOHLARDA GEOMETRIK MASALANING YECHIMI

Read full text
Authors: Bobirmirzo Xasanov, Yusupov S.M., Abdullajonov A.Sh., Alibekov R.K.
Cited by: 0

Abstract

Bugungi kunda mutaxassislar tayyorlash jarayonida ta’limning amaliy yo‘nalishini kuchaytirish dolzarbvazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu muammoni hal etish o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilanuzviy bog‘lash orqali amalga oshiriladi. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi matematika va texnologik jarayonlarniavtomatlashtirish fanlari doirasida olingan bilimlarning amaliy qo‘llanilishini yoritishdan iborat. Maqolada raqamli dasturbilan boshqariladigan (RDB) tizimiga ega dastgohlarda geometrik masalani yechish jarayoni kompleks tarzda tahlilqilingan.Tadqiqotda ishchi organlar harakatini ta’minlovchi interpolyatsiya algoritmlarining ishlash prinsiplari hamda berilgantrayektoriya bo‘ylab harakatni tashkil etish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi kesuvchi asbob harakatigeometriyasini aniq aniqlash va geometrik masalani to‘g‘ri ifodalash asosida detalga algoritmik yondashuv orqali ishlovberish imkoniyatining asoslab berilganidadir. Amaliy ahamiyati esa RDB dastgohlarida interpolyatsiya algoritmlaridanfoydalangan holda real ishlov berish dasturini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot jarayonida kuzatish, taqqoslash,tahlil va sintez usullaridan foydalanilgan bo‘lib, natijalar ishlov berish aniqligini oshirish va vaqt sarfini kamaytirishgaxizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Robotic Mechanisms and Dynamics Engineering Technology and Methodologies Advanced Numerical Analysis Techniques

Publication details

Journal / source
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
Publication date
1 January 2026
Language
UZ