OʻZBEK MUSIQA TARIXI FANINI OʻQITISH ORQALI TALABA YOSHLARNI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH MASALALARI

Read full text
Authors: Nurullayev Farrukh Gaybulloyevich, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida “Oʻzbek musiqa tarixi” fanini oʻqitish jarayonining talaba yoshlarning ma'naviy-axloqiy kamolotiga ta'siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Oʻzbek milliy musiqasi asrlar davomida xalqning ruhiyati, dunyoqarashi, axloqiy me'yorlari va estetik ideallarini aks ettirib kelgan bebaho madaniy meros sifatida qaraladi. Tadqiqotda musiqa tarixi darslari orqali talabalar ongida milliy oʻzlikni anglash, vatanparvarlik, insonparvarlik, estetik did va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, mumtoz musiqa, maqom san'ati, xalq kuy-qoʻshiqlari va bastakorlik maktablarining tarbiyaviy salohiyati ochib beriladi. Maqolada ta'lim jarayonida musiqa tarixini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida oʻqitish talaba yoshlarning ma'naviy immunitetini mustahkamlashda muhim omil ekanligi asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Values and Moral Education Diverse Music Education Insights Music Education and Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
3 February 2026
Document type
Dataset