TADBIRKORLIKDA INTELLEKTUAL MULK VA UNING BIZNES QIYMATI

Read full text
Authors: Darveshev Tolib Hamidovich
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida intellektual mulkni himoya qilish va tadbirkorlik faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Bugungi kunda innovatsiyalar va intellektual salohiyat iqtisodiy o‘sishning muhim omillariga aylanib, intellektual mulk tadbirkorlik faoliyatida strategik resurs sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada intellektual mulk huquqlarining innovatsion faoliyat, tadbirkorlik faolligi va biznes qiymatini shakllantirishdagi roli mavjud ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida intellektual mulk huquqlarining tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi hamda ayrim sharoitlarda cheklovchi ta’siri mavjudligi aniqlanadi. Shuningdek, intellektual mulk huquqlarining iqtisodiy samaradorligi mamlakatlarning institutsional muhiti va rivojlanish darajasiga bog‘liq ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari intellektual mulkni faqat huquqiy tushuncha sifatida emas, balki biznes qiymatini oshiruvchi muhim iqtisodiy aktiv sifatida ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Intellectual Property and Patents Intellectual Property Law Intellectual Capital and Performance Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
3 February 2026