TADBIRKORLIKDA INTELLEKTUAL MULK VA UNING BIZNES QIYMATI

Read full text
Authors: Darveshev Tolib Hamidovich
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida intellektual mulkni himoya qilish va tadbirkorlik faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqotda intellektual mulkning innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi va tadbirkorlik risklarini kamaytiruvchi institutsional omil sifatidagi roli ko‘rib chiqilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlili intellektual mulk huquqlari va tadbirkorlik o‘rtasidagi munosabatlar murakkab va ziddiyatli ekanligini ko‘rsatadi. Ayrim tadqiqotlarda intellektual mulk huquqlarining innovatsiya va biznes rivojiga ijobiy ta’siri aniqlangan bo‘lsa, boshqa ishlarda ushbu ta’sir mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi va institutsional muhiti bilan bog‘liq holda farqlanishi qayd etilgan. Tadqiqot natijalari intellektual mulkni tadbirkorlik faoliyatida biznes qiymatini shakllantiruvchi muhim nomoddiy aktiv sifatida ko‘rib chiqish zarurligini asoslaydi.

Fields of Study & Subjects

Intellectual Property and Patents Intellectual Property Law Intellectual Capital and Performance Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
3 February 2026