COGNITIVE-DISCURSIVE TRANSFORMATIONS OF IMAGES AND CHARACTERS IN THE TRANSLATION OF CHILDREN'S LITERARY TEXTS

Read full text
Authors: Nigina Alisher Qizi Aliboyeva
Cited by: 0

Abstract

Bolalar adabiyotini tarjima qilish lingvistika, psixologiya va madaniyatshunoslik chorrahasida joylashgan murakkab jarayondir. Kattalar adabiyotidan farqli ravishda, bunda matnning so‘zma-so‘z aniqligidan ko‘ra “ikki karra adresat” — bola va kattalar vositachisi (ota-ona, o‘qituvchi) omili muhim ahamiyat kasb etadi va bu holat maxsus kognitiv hamda diskursiv moslashuvlarni talab qiladi. Mazkur maqolada bolalar badiiy matnlarini tarjima qilish jarayonida obraz va qahramonlarning kognitiv-diskursiv transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarjimonlarning maqsadli auditoriyaning kognitiv rivojlanish darajasini hisobga olgan holda, qahramonlar va mental obrazlarni qayta yaratishda domestikatsiya, forenizatsiya va madaniy moslashtirish strategiyalaridan qanday foydalanishi yoritiladi. Xulosa sifatida, ushbu sohadagi tarjima faqat lingvistik ko‘chirish emas, balki bolaning cheklangan dunyoqarashi va qabul qiluvchi jamiyatning ijtimoiy-madaniy me’yorlari bilan belgilanadigan badiiy olamning kognitiv qayta modellashtirilishi ekanligi asoslanadi.

Fields of Study & Subjects

Translation Studies and Practices Themes in Literature Analysis Language and Culture

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
27 January 2026