Jinoyat protsessida protsessual muddatlar instituti takomillashtirish

Read full text
Authors: Toshkulov Gʻayrat Erkaboyevich, Sagʻdullayev Islom Sharofiddin oʻgʻli
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ish jinoyat protsessida protsessual muddatlar institutining huquqiy mohiyati, ahamiyati hamda amaldagi qonunchilikda uni qo‘llash amaliyotini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Protsessual muddatlar jinoyat ishlarini yuritishda qonuniylikni, shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishni, shuningdek ishlarning oqilona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlovchi muhim huquqiy institutlardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan protsessual muddatlarga oid normalar tizimli ravishda o‘rganilib, tergovga qadar tekshiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasi hamda shikoyat berish bosqichlarida muddatlarga rioya etilishi masalalari tahlil qilinadi. Ishda amaliyotda uchrayotgan muammolar, xususan protsessual muddatlarning asossiz uzaytirilishi, ayrim protsessual harakatlar uchun aniq muddatlar belgilanmaganligi, sud va tergov organlari faoliyatida vaqt omili bilan bog‘liq kamchiliklar yoritib beriladi. Shuningdek, protsessual muddatlar institutining inson huquqlari, xususan shaxs erkinligi va adolatli sudlov huquqi bilan bevosita bog‘liqligi asoslab beriladi. Tadqiqot yakunida protsessual muddatlar institutini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy takliflar ilgari suriladi.

Fields of Study & Subjects

Legal processes and jurisprudence Education Law and Society Criminal Law and Policy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
4 February 2026