SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHNING MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI

Read full text
Authors: Madina Hamidova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda sanoat tarmog‘ining mintaqalar kesimida rivojlanish darajasi hamda innovatsion faoliyatning shakllanishiga ta’sir etuvchi hududiy omillar tahlil qilindi. Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati, Qashqadaryo viloyati va Surxondaryo viloyatlaridagi sanoat korxonalari tanlandi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy va tavsifiy tahlil usullaridan foydalanilib, sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati mintaqalar kesimida solishtirildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida tanlangan mintaqalarda sanoat korxonalarining innovatsion faolligi bir xil darajada rivojlanmaganligi aniqlangan. Innovatsion infratuzilma va investitsiya imkoniyatlari nisbatan rivojlangan hududlarda innovatsion faoliyat yuqori bo‘lsa, sanoati rivojlanib borayotgan mintaqalarda innovatsion faollik asosan alohida loyihalar doirasida shakllanmoqda. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishda hududiy yondashuvning muhimligini asoslaydi. Innovatsion infratuzilmani rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda kadrlar salohiyatini oshirish mintaqalarda sanoat korxonalarining innovatsion faolligini kuchaytirishning muhim shartlari sifatida belgilandi. Mazkur abstrakt ilmiy-amaliy jihatdan mintaqalarda innovatsion faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan izlanishlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Regional Economic Development and Innovation Economic and Industrial Development Economic Development and Regional Competitiveness

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
4 February 2026