TIL O'QITISH NAZARIYALARINING ZAMONAVIY TALQINI (KOMMUNIKATIV, KOGNITIV VA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR)

Read full text
Authors: Raxmonberdiyeva Gavharoy Botirali qizi, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada til o‘qitish nazariyalarining zamonaviy talqini tahlil qilinib, kommunikativ, kognitiv va kompetensiyaviy yondashuvlarning mazmun-mohiyati hamda ularning til ta’limi jarayonidagi o‘rni ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot jarayonida zamonaviy pedagogik va lingvodidaktik manbalar asosida nazariy-tahliliy yondashuv qo‘llanildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, kommunikativ yondashuv o‘quvchilarning nutqiy faolligini rivojlantirishga xizmat qilsa, kognitiv yondashuv bilimlarning ongli va tizimli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Kompetensiyaviy yondashuv esa ta’lim natijalarini amaliy faoliyat bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini kuchaytiradi. Tadqiqot natijalari ushbu yondashuvlarning integrativ qo‘llanilishi til o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim metodik asos ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada zamonaviy til ta’limini takomillashtirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati asoslab berilgan.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Language Acquisition and Education Linguistic Education and Pedagogy

Publication details

Journal / source
International journal of scientific researchers ( IJSR ) INDEXING
Publication date
4 February 2026
Language
EN