STOMATOLOGIK DEONTOLOGIYA VA BEMOR PSIXOLOGIYASI

Read full text
Authors: Sardorbek Xojimatov Ravshanbek o'g'li, Odilov Salohiddin Farhodjon o'g'li, Mannobjonov Rahmatillo Oybek o'g'li, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Ushbu sharx maqola stomatologik amaliyotda deontologik tamoyillar va bemor psixologiyasini integratsiyalash masalalariga bag‘ishlangan. Maqsad – so‘nggi o‘n yillikdagi milliy va xalqaro tadqiqotlarni tahli qilish, mavjud yondashuvlarni tizimlashtirish va ushbu soha bo‘yicha ilmiy-amiliy taraqqiyot istiqbollarini belgilab berish. Maqolada quyidagi asosiy yo‘nalishlar yoritiladi: stomatologik deontologiyaning zamonaviy konseptual asoslari; turli demografik guruh bemorlarning psixologik xususiyatlari; samarali klinik muloqotning psixologik modellari; muammoli klinik vaziyatlarda qaror qabul qilishning axloqiy jihatlari. Adabiyotlarni qiyosiy tahli qilish natijasida, stomatologik xizmat sifatini oshirishning asosiy omili sifatida vrachning psixologik kompetentligi va axloqiy tayyorgarligini integratsiyalash zarurligi aniqlandi. Xulosa qilib, O‘zbekiston stomatologiya amaliyoti uchun moslashgan o‘quv dasturlari va klinik protokollar ishlab chiqish taklif etiladi.

Fields of Study & Subjects

Ethics and bioethics in healthcare Dental Education Practice Research Health Medicine and Society

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
5 February 2026
Document type
Dataset