TikTok va Instagram kontentining talabalar psixologik holatiga ta'siri
Abstract
Abstract: Talabalar orasida TikTok va Instagram platformalarida iste’mol qilinayotgan kontentning ruhiy salomatlik, diqqat, motivatsiya va o‘zini baholash darajasiga ta’sirini chuqur o‘rganish. Material va usullari: Tadqiqot Toshkent shahridagi uchta oliygohda tahsil olayotgan 18–25 yoshli 150 nafar talaba o‘rtasida o‘tkazildi. Maxsus so‘rovnoma, “DASS-21” (Stress–Anxiet–Depressiya shkalasi), “Rosenberg Self-Esteem” va “Digital Addiction Scale” testlari yordamida ma’lumotlar to‘plandi. Natijalar SPSS 26 dasturida statistik tahlil qilindi. Natijalar tahlili va muhokamasi. TikTok va Instagramdan kuniga 3 soatdan ortiq foydalanadigan talabalar orasida stress darajasi 64%, diqqat buzilishi 69%, motivatsiya pasayishi 57% va uyqu muammolari 49% ko‘rsatkichlarda aniqlandi. O‘rtacha (1–2 soat) foydalanuvchilar orasida bu ko‘rsatkichlar ikki baravar past bo‘ldi. Xulosa: Ijtimoiy tarmoqlardagi tezkor, dopaminli kontent talabalar psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Raqamli gigiyena, media savodxonlik va o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalari yoshlar ruhiy barqarorligini ta’minlashda muhim omildir. Kalit so'zlar: TikTok, Instagram, ijtimoiy tarmoqlar, psixologik holat, dopamin, motivatsiya, stress, talabalar.
Fields of Study & Subjects
Impact of Technology on Adolescents
Digital Media and Philosophy
Media and Digital Communication
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 5 February 2026