O'ZBEKISTONDA KICHIK VA O'RTA BIZNESNI MOLIYAVIY QO'LLAB-QUVVATLASHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Mohlaroyim Maxmudova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining institutsional mexanizmlari hamda ularning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida davlat institutlari, tijorat banklari va maxsus moliyaviy jamg‘armalar tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining kichik va o‘rta biznes subyektlarining moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlariga ta’siri baholanadi. Shuningdek, amaldagi tizimda mavjud muammolar, jumladan kreditlash shartlarining murakkabligi, garov ta’minoti talablari va moliyaviy inklyuziya darajasining yetarli emasligi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari asosida kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi hamda institutsional muhitni mustahkamlashning iqtisodiy ahamiyati asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Banking stability regulation efficiency Microfinance and Financial Inclusion Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
5 February 2026