BOBUR LIRIK ASARLARIDA ANTONOMAZIYA: LINGVOPOETIK TAHLIL
Abstract
Maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur lirik asarlarida qo‘llangan antonomaziyalarning lingvopoetik xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda Bobur g‘azallarida uchraydigan shaxs nomlarining antonomaziya hodisasi asosida qanday badiiy-estetik, semantik va ramziy ma’nolarni yuzaga keltirishi ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot jarayonida Farhod, Majnun, Xizr, Masih kabi tarixiy, diniy va adabiy-qissaviy shaxs nomlarining muayyan sifat, holat va tushunchalarni ifodalovchi badiiy vositaga aylanish jarayoni lingvopoetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Bobur lirikasida antonomaziyalarning obrazlilikni kuchaytirish, tasavvufiy-falsafiy mazmunni chuqurlashtirishdagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Linguistics and Cultural Studies
Turkish Literature and Culture
Poetry Analysis and Criticism
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 6 February 2026
- Document type
- Dataset