MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI VA ULARNING ZAMONAVIY TA'LIMGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning pedagogik qarashlari hamda ularning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Behbudiyning ma’rifat, milliy ong, vatanparvarlik, zamonaviy fanlarni o‘qitish, darsliklar yaratish va maktabni isloh qilish borasidagi g‘oyalari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, uning ta’limga oid qarashlari bugungi kunda kompetensiyaviy yondashuv, integratsiyalashgan ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari bilan uyg‘unligi asoslab beriladi. Maqolada Behbudiyning pedagogik merosi yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda muhim manba ekanligi ilmiy jihatdan izohlanadi.
Fields of Study & Subjects
Education and Islamic Studies
Historical Education Studies Worldwide
Educational Methods and Teacher Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 6 February 2026
- Document type
- Dataset