ERONDAGI SIYOSIY PARTIYALAR TIZIMI SHAKLLANISHIDA ANJUMANLARNING ROLI

Read full text
Authors: Murodjon Qoraboyev
Cited by: 0

Abstract

Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Eronda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar konstitutsiyaviy modernizatsiya modeli doirasida kompleks tahlil qilingan. Konstitutsiyaviy inqilob davrida vujudga kelgan anjumanlar (mahalliy vakillik kengashlari)ning siyosiy safarbarlik, manfaatlar ifodasi hamda dastlabki vakillik institutlari sifatidagi o‘rni ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, Eronning yarim mustamlaka holatiga tushib borishi, xorijiy kapitalning iqtisodiy ustunligi, markaziy davlat hokimiyatining institutsional zaifligi va mazkur omillarning milliy ong hamda siyosiy tafakkur shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Alohida e’tibor Eron Sotsial-demokratik partiyasi va so‘l qanot siyosiy harakatining institutsional rivoji, markaziy hokimiyat bilan mahalliy muxtoriyatlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda mazkur ziddiyatlarning siyosiy jarayonlarga ta’siriga qaratilgan. Konstitutsiyaviy inqilob Eron siyosiy madaniyatida zamonaviy partiyaviy tizim va vakillik institutlarining shakllanishida muhim tarixiy bosqich bo‘lgani ilmiy asoslangan.

Fields of Study & Subjects

Soviet and Russian History Islamic Studies and History European Political History Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
6 February 2026
Language
UZ