O'ZBEKISTONDA KICHIK VA O'RTA BIZNESNI MOLIYAVIY QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMINING AMAL QILISHI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Read full text
Authors: Mohlaroyim Maxmudova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining amaldagi holati va uning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tijorat banklari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy resurslarning kichik va o‘rta biznes sub’yektlari faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, kreditlash mexanizmlaridagi mavjud muammolar, jumladan, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatining cheklanganligi, foiz stavkalarining nisbatan yuqoriligi va garov ta’minoti bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Banking stability regulation efficiency Economic and Industrial Development Microfinance and Financial Inclusion

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
6 February 2026