LABORATORIYA TADQIQOTDAGI O'ZGARUVCHI PARAMETRLARNI NAZORAT QILISHNING ILMIY NATIJAVIYLIGI.

Read full text
Authors: Z.B.To'rayev, S. Nuftillayev
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada laboratoriya tekshiruvlarida o‘zgaruvchi muhit parametrlarini nazorat qilishning ilmiy natijaviylikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida atrof-muhit harorati, nisbiy namlik va atmosfera bosimi asosiy nazorat qilinuvchi parametrlar sifatida ko‘rib chiqildi. Laboratoriya sharoitlari O‘zDst 3444:2020 standarti talablari asosida baholandi va zamonaviy elektron Datalogger qurilmasi yordamida monitoring qilindi. Olingan natijalar muhit parametrlarining me’yoriy diapazonda saqlanishi laboratoriya jihozlarining barqaror ishlashini, o‘lchash natijalarining aniqligi va takrorlanuvchanligini ta’minlashini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari laboratoriya infratuzilmasini takomillashtirish va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini joriy etish zarurligini ilmiy jihatdan asoslaydi.

Fields of Study & Subjects

Scientific Measurement and Uncertainty Evaluation Clinical Laboratory Practices and Quality Control Advanced Sensor and Control Systems

Publication details

Journal / source
Latin American journal of education
Publication date
7 February 2026
Language
EN