MUSTAQIL HARAKAT FAOLLIGINI SHAKLLANTIRISHDA INDIVIDUAL VA TABAQALASHGAN YONDASHUV INTEGRATSIYASI

Read full text
Authors: Boltaboyev Mirvohid Mirzabdullayevich
Cited by: 0

Abstract

Maqola zamonaviy pedagogik va psixologik nazariyalarni integratsiyalash orqali mustaqil harakat faolligini shakllantirishning samarali yondashuvlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot individual xususiyatlar, qobiliyatlar va pedagogik tabaqalashgan yondashuvning uyg‘unlashuvini asosiy omil sifatida ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabaning o‘zini-o‘zi boshqarish, faollik darajasi va mas’uliyat hissini rivojlantirishda individual yondashuv bilan tabaqalashgan yondashuvning integratsiyasi pedagogik jarayonning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada ilmiy tadqiqot metodlari, amaliy natijalar va xorijiy olimlarning tajribalari bilan bog‘liq tavsiyalar keltiriladi. Bu ish o‘qituvchilar, pedagoglar va ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun metodologik asos yaratadi.

Fields of Study & Subjects

Psychology of Development and Education Educational methodologies and cognitive development Innovative Teaching and Learning Methods

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026