MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA GRAMMATIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA TAFAKKUR VA NUTQIY MULOQTNI O'RNI

Read full text
Authors: Maxmudova Durdona Mirkarimovna
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada tafakkur, til va e’tiqod o‘rtasidagi munosabat falsafiy muammo sifatida tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Antik davr faylasuflaridan tortib, o‘rta asrlar diniy-falsafiy ta’limotlari, zamonaviy va hozirgi zamon falsafasidagi qarashlar qiyosiy yondashuvda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tafakkur inson ongining asosiy faoliyati, til esa ushbu tafakkurning ijtimoiy va madaniy ifodasi sifatida talqin etilgan. E’tiqod esa tafakkur va til o‘rtasidagi munosabatni ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali tartibga solishiga asoslanadi. Tarixiy manbalar tahlili orqali mazkur uchlikning jamiyat ma’naviy hayoti, dunyoqarash shakllanishi va ijtimoiy ong rivojidagi o‘rni yoritib berilgan. Maqola natijalari tafakkur-til-e’tiqod uchligini zamonaviy ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlarda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Language and Culture Philosophy and Historical Thought Language Development and Disorders

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 January 2026