TEMURIYLAR DAVRI VA ZAMONAVIY TASVIRIY SAN'ATDA ALISHER NAVOIY VA HUSAYN BOYQARO OBRAZLARI TALQINI
Abstract
Mazkur maqolada Temuriylar Renessansi davrida shakllangan yuksak ilmiy, adabiy va badiiy muhit doirasida Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy o‘rtasidagi ma’naviy hamkorlik masalasi yoritildi. Tadqiqotda Temuriylar davrining siyosiy va madaniy taraqqiyoti, Hirotning ilm-fan va san’at markaziga aylanish jarayoni hamda hukmdor va mutafakkir o‘rtasidagi do‘stlik va hamfikrlikning san’at rivojiga ta’siri tahlil qilindi. Maqolada, ayniqsa, tasviriy san’at namunalarida - miniatyura va rangtasvir asarlarida Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqaro siymosining badiiy talqini, ularning o‘zaro munosabatlari va davr ruhi qanday ifodalangani ko‘rib chiqildi. T. Sa’dullayev, V. Kaydalov, A. Abdullayev, J. Umarbekov, N. Qo‘ziboyev va S. Abdullayev asarlari misolida tarixiy shaxslarning obrazlari orqali Temuriylar davriga xos ma’naviyat, ilm-fanga e’tibor va ijodkorlik muhitining aks etishi ochib berildi. Shuningdek, Alisher Navoiy portretlarining shakllanishi, Kamoliddin Behzod va Mahmud Muzahhib ijodining san’at tarixidagi o‘rni ilmiy jihatdan baholandi.
Fields of Study & Subjects
Turkish Literature and Culture
Historical Art and Culture Studies
Renaissance and Early Modern Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 7 February 2026