YUNAGOGIKA VA IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANLARINING O'SMIR YOSHLILAR UCHUN AHAMIYATI

Read full text
Authors: Polvonova Gulnora Rovshan qizi, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada yunagogika va ijtimoiy pedagogika fanlarining o‘smir yoshdagi shaxs rivojiga ta’siri, ularning o‘zaro integratsiyasi hamda tarbiyaviy, ijtimoiylashtiruvchi va profilaktik imkoniyatlari ilmiy-nazariy asosda yoritiladi. O‘smirlik davri shaxs hayotidagi eng murakkab va mas’uliyatli bosqich bo‘lib, bu davrda biologik, psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlar bir vaqtda kechadi. Shu sababli, mazkur yosh davrida samarali pedagogik yondashuvlarni shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi. Maqolada yunagogikaning o‘smirlarning yosh xususiyatlariga mos ta’lim-tarbiya tamoyillarini ishlab chiqishdagi roli hamda ijtimoiy pedagogikaning muhit, oila, maktab va jamiyat bilan bog‘liq muammolarni hal etishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlar orasida xulq-atvor buzilishlari, maktabga moslashishdagi qiyinchiliklar va psixososial muammolar ko‘rsatkichlari yildan-yilga ortib bormoqda. Tadqiqot natijalari asosida yunagogika va ijtimoiy pedagogika integratsiyasi o‘smirlarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish, shaxsiy salohiyatini yuzaga chiqarish va salbiy xulq-atvorning oldini olishda muhim omil ekani asoslanadi. Maqola xulosasida mazkur fanlar asosida ishlab chiqilgan kompleks yondashuvlar ta’lim muassasalarida pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Fields of Study & Subjects

Early Childhood Education and Development Child Development and Education Educational Practices and Policies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
7 February 2026
Document type
Dataset