MELLIN INTEGRAL ALMASHTIRISHI VA UNING TADBIQLARI
Abstract
Mazkur maqolada Mellin integral almashtirishi va uning nazariy hamda amaliy tadbiqlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Mellin almashtirishining ta’rifi, asosiy xossalari, teskari almashtirishi hamda maxsus funksiyalar bilan bog‘liqligi yoritiladi. O‘rganish jarayonida ushbu almashtirishning masshtab invariantligi va ko‘paytma konvolyutsiyaga nisbatan samaradorligi ko‘rsatildi. Natijalar Mellin integral almashtirishining asimptotik tahlil, maxsus funksiyalar nazariyasi, signal va tasvirlarni qayta ishlash hamda algoritmik murakkablikni baholash kabi sohalarda muhim analitik vosita ekanini tasdiqlaydi. Maqola Mellin almashtirishining matematik analizdagi o‘rni va zamonaviy tadbiqlarini tizimli ravishda yoritib, kelgusidagi tadqiqotlar uchun nazariy asos yaratadi.
Fields of Study & Subjects
Mathematical Analysis and Transform Methods
Mathematical and Computational Methods
Approximation Theory and Sequence Spaces
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 7 February 2026
- Document type
- Dataset