VOKAL TAYYORGARLIGI BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINING MALAKASINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA
Abstract
Maqolada vokal tayyorgarlik bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy shakllanishidagi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Talabalarda ijrochilik ko‘nikmalari, musiqiy eshitish qobiliyati, nafas olish madaniyati hamda badiiy-obrazli tafakkurni shakllantirishda muntazam vokal ta’limining ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, vokal amaliyotining pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish, sahna madaniyatini shakllantirish va kasbiy faoliyatda ishonchni mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. O‘z ovozini boshqara olish nafaqat musiqiy o‘zini ifoda etish vositasi, balki kelajakdagi pedagogik faoliyatning muhim quroli ekani qayd etiladi. Xulosa sifatida, maqsadga yo‘naltirilgan vokal tayyorgarlik kasbiy ta’lim sifatini oshirishga hamda musiqa o‘qituvchisining ijodkor shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilishi ta’kidlanadi
Fields of Study & Subjects
Diverse Music Education Insights
Music Education and Analysis
Art Education and Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 7 February 2026
- Document type
- Dataset