Shaxs tuzilmasida ma'naviy intellekt: nazariy-metodologik tahlil va psixologik interpretatsiya

Read full text
Authors: Mirxoliqova Charos Xabibullaevna
Cited by: 0

Abstract

Maqolada shaxs psixologiyasi doirasida “ma’naviy intellekt” (spiritual intelligence) tushunchasiningnazariy-metodologik asoslari hamda uning shaxs tuzilmasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ma’naviy intellektnishaxsning kognitiv, motivatsion-qadriyat, affektiv va irodaviy-o‘zini boshqarish subsistemalari bilan bog‘liq integrativresurs sifatida konseptuallashtirish, shuningdek uni o‘lchash va psixologik interpretatsiya qilishdagi metodologik muammolarnianiqlashtirishdan iborat. Metodologik yondashuv sifatida nazariy tahlil, konseptual sintez, komparativ taqqoslashva konstrukt validligini baholash mantiqi qo‘llanildi. Natijada ma’naviy intellekt shaxs tuzilmasida “ma’no va qadriyatmuammolarinihal qilish”ga yo‘naltirilgan meta-kompetensiya sifatida talqin qilinib, uning to‘rtta funksional komponenti:(1) ekzistensial-refleksiv tafakkur, (2) shaxsiy ma’no hosil qilish, (3) transsendent (kengaytirilgan) anglash, (4) ong holatlariniixtiyoriy boshqarish va axloqiy o‘zini tartibga solish taklif etildi. Xulosa sifatida ma’naviy intellektni shaxs kamoloti,psixologik barqarorlik, pro-sotsial xulq va maqsadga yo‘naltirilgan o‘zini boshqarishning muhim psixologik mexanizmisifatida amaliy (psixodiagnostika, konsalting, tarbiyaviy-psixoprofilaktik dasturlar) jihatdan qo‘llash istiqbollari asoslandi.

Fields of Study & Subjects

Religion Spirituality and Psychology Workplace Spirituality and Leadership Paranormal Experiences and Beliefs

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 February 2026
Language
UZ