KARDIOLOGIK BEMORLARDA METABOLIK HOLAT VA YURAK QISQARUVCHANLIK FUNKSIYASI O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK

Read full text
Authors: Dillayev Abdurahmon Shamsiddin o'g'li, Berdimurodov Javlonbek Xayrulla o'gli, O'rinov Adhamjon Akramovich
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada kardiologik bemorlarda metabolik holat ko‘rsatkichlari va yurak qisqaruvchanlik funksiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Metabolik buzilishlar, xususan dislipidemiya, insulin rezistentligi va tana vaznining ortishi yurak mushagining funksional holatiga ta’sir ko‘rsatishi ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Tadqiqot davomida bemorlarning klinik, laborator va instrumental tekshiruv natijalari tahlil qilinib, metabolik ko‘rsatkichlar bilan ejeksiya fraksiyasi hamda miokard qisqaruvchanligi o‘rtasidagi munosabat baholandi. Olingan natijalar metabolik holatning yomonlashuvi yurak qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Ushbu ma’lumotlar yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, kasallik kechishini prognozlash va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Cardiovascular Function and Risk Factors Heart Failure Treatment and Management Diabetes Cardiovascular Risks and Lipoproteins

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
7 February 2026
Language
UZ