TASAVVUF FALSAFASIDA JON, RUH VA TANA MASALASI (Odina Muhammad Xorazmiy ta'limoti misolida)
Abstract
Mazkur maqolada tasavvuf falsafasi doirasida inson mohiyati, jism va ruh o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda ma'naviy kamolot masalalari tahlil qilindi. Insonning ikki asos — jism va ruhdan tashkil topgani, jismning to‘rt unsur bilan bog‘liqligi va ruhning ilohiy manbaga mansubligi tasavvufiy qarashlar asosida yoritiladi. Odiyna Eshon ta'limoti misolida ruhning jismdan nisbiy ozod bo‘lishi, ichki sayohat, zo‘hd va uzlat orqali ma'naviy poklanish g‘oyalari falsafiy-ramziy yondashuvda talqin qilinadi. Maqola insonning ichki dunyosi va komillikka erishish jarayonini falsafiy nuqtai nazardan ochib beradi.
Fields of Study & Subjects
Islamic Thought and Society Studies
Medieval and Classical Philosophy
Study and Philosophy of Religion
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 7 February 2026
- Language
- UZ