Samarali hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlashga oid yondashuvlar

Read full text
Authors: Hojiyeva Zulfiya O'ktamovna
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi bo‘lajak pedagoglarnikasbiy faoliyatga puxta tayyorlash masalasini dolzarb muammo sifatida ilgari surmoqda. Ta’lim – shaxs kamolotining engmuhim bosqichi bo‘lib, bu davrda o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqish, mustaqil fikrlash va ijtimoiy xulq-atvor asoslarishakllanadi. Shu sababli ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi.Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirmoqda.Zamonaviy o‘qituvchi nafaqat fan bilimlariga ega, balki pedagogik vaziyatlarni tahlil qila oladigan, mustaqil vatanqidiy fikrlaydigan hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan mutaxassis bo‘lishi lozim. Mazkur maqoladata’lim jarayonida shaxslarni samarali hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlashga doir zamonaviy pedagogik yondashuvlarilmiy-nazariyjihatdan tahlil qilinadi. Hamkorlikdagi faoliyatning shaxs rivoji, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va ta’limsamaradorligini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, turli ilmiy manbalarga tayangan holda samarali hamkorliknita’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar va metodlar asoslab beriladi

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Teacher Development Teacher Education and Leadership Studies Education and Teacher Training

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 February 2026
Language
UZ