Umurtqasiz hayvonlarning tuproq va havo muhutida tarqalishiga abiotik omillarning ta'siri
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada yomg‘ir chuvalchanglari va asalarilarning tuproq hamda havo muhitida tarqalishi va ekologik faolligiga abiotik omillarning ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot Zarafshon vodiysi agroekotizimlarida olib borilib, dala va laboratoriya kuzatuvlari asosida tuproq namligi, harorati hamda havo omillarining umurtqasiz hayvonlar populyatsiyasi va faolligiga ta’siri tahlil qilindi. Natijalar yomg‘ir chuvalchanglari uchun tuproq namligining 18–28 %, asalarilar uchun esa havo haroratining 18–30 °C oralig‘i optimal ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot tuproq–o‘simlik–havo tizimida ekologik bog‘liqlik mavjudligini ilmiy asoslab berdi. Kalit so‘zlar: umurtqasiz hayvonlar, yomg‘ir chuvalchangi, asalarilar, abiotik omillar, tuproq namligi, havo harorati, agroekotizim.
Fields of Study & Subjects
Plant and soil sciences
Environmental and biological studies
Insect-Plant Interactions and Control
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 6 February 2026