O'ZBEKISTONDA BANK XIZMATLARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: KREDIT JARAYONLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI VA REAL SEKTORNI MOLIYAVIY TA'MINLASH BARQARORLIGIGA TA'SIRI

Read full text
Authors: Alimova Shaxnoza Rixsivayevna, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarining rivojlanish holati hamda uning kredit jarayonlarini boshqarish samaradorligi va real sektorni moliyaviy ta’minlash barqarorligiga ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida raqamli bank xizmatlari, fintech texnologiyalar, masofaviy kreditlash, avtomatlashtirilgan skoring tizimlari va raqamli risk-menejment mexanizmlarining amaliy ahamiyati yoritilgan. Statistik va solishtirma tahlil natijalari raqamli transformatsiya kredit ajratish tezligini oshirishi, operatsion xarajatlarni kamaytirishi hamda kredit risklarini samarali boshqarishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, raqamli bank xizmatlarining real sektor subyektlarining moliyaviy barqarorligi va investitsion faolligini oshirishdagi roli asoslab berilgan. Olingan xulosalar bank tizimini modernizatsiya qilish va iqtisodiyotning real sektorini barqaror moliyalashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Digital Transformation in Financial Services FinTech Crowdfunding Digital Finance Banking stability regulation efficiency

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
8 February 2026
Document type
Dataset