CHO'LPON SHE'RIY TILIDA METAFORANING BADIIY-ESTETIK VA LINGVOPOETIK FUNKSIYASI
Abstract
Mazkur maqolada Abdulhamid Cho‘lpon she’riyatida metaforaning poetik va lingvopoetik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoirning “Binafsha”, “Buloqlar quchog‘ida” kabi she’riy to‘plamlari asosiy manba sifatida tanlanib, metaforaning badiiy-estetik, semantik va emotsional-ekspressiv funksiyalari ochib beriladi. Metafora Cho‘lpon poetik tafakkurining yetakchi ifoda vositasi sifatida talqin qilinib, uning ruhiy kechinmalarni, ijtimoiy kayfiyatni va yashirin g‘oyaviy mazmunni ifodalashdagi o‘rni lingvopoetik yondashuv asosida yoritiladi. Maqolada metaforaning ko‘p qatlamli semantik tabiati, obraz yaratish imkoniyatlari hamda shoir individual uslubini shakllantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Cho‘lpon she’riyati tilini chuqurroq anglash va o‘zbek adabiyotshunosligida metafora muammosini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Poetry Analysis and Criticism
Language
Metaphor
and Cognition
Linguistics and Cultural Studies
Publication details
- Journal / source
- IQRO
- Publication date
- 8 February 2026
- Language
- EN