TURKIYANING NATO DOIRASIDAGI STRATEGIK AVTONOMIYASI: ALYANS ICHIDA MUSTAQIL TASHQI SIYOSAT EVOLYUTSIYASI (2010–2025)
Abstract
Mazkur tezisda 2010–2025 yillar oralig‘ida Turkiyaning NATO doirasidagi strategik avtonomiyaga intilishi va alyans ichida mustaqil tashqi siyosat yuritish jarayonining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot strategik avtonomiya tushunchasining nazariy-metodologik asoslarini ochib berish, shuningdek, Turkiyaning geosiyosiy manfaatlari bilan NATO doirasidagi kollektiv majburiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni aniqlashga qaratilgan. Tezis doirasida Turkiyaning 2010-yillardan boshlab tashqi siyosatda faollashuvi, mintaqaviy inqirozlarga nisbatan mustaqil yondashuvi hamda muqobil siyosiy va harbiy-texnik hamkorlik aloqalarini kengaytirish jarayoni kompleks tahlil qilinadi. Xususan, Suriya inqirozi, Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkorlik (S-400 zenit-raketa tizimlari masalasi), AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar kontekstida Anqaraning mustaqil qaror qabul qilish tendensiyalari strategik avtonomiya doirasida baholanadi [2, 118-121;10, 3-5]. Tadqiqot natijalari Turkiyaning NATO ichidagi o‘rni va rolini qayta talqin qilish, shuningdek, alyans doirasida strategik avtonomiya fenomenining ilmiy tahliliga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Turkey's Politics and Society
European and Russian Geopolitical Military Strategies
International Relations and Foreign Policy
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 February 2026
- Document type
- Dataset