STOMATOLOGIK INFEKSIYALARDA ANTIBAKTERIAL REZISTENTLIK MUAMMOSI: FARMATSEVTIK YONDASHUV VA BIOTEXNOLOGIK YECHIMLAR
Abstract
Stomatologik infektsiyalar davolashda antibiotiklar keng qo‘llanilsa-da, antibiotiklarga chidamlilikning (rezistentlik) ortishi global sog‘liqni saqlash uchun jiddiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada stomatologik infektsiyalar bilan bog‘liq antibakterial rezistentlik muammosi, uning sabab va oqibatlari, shuningdek, farmatsevtik va biotexnologik yondashuvlar orqali bartaraf etish strategiyalari tahlil qilinadi. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, antibiotiklarga chidamsiz bakteriyalar surunkali periodontit, periimplantit, osteomielit va og‘iz bo‘shlig‘ining boshqa infektsiyali kasalliklarini keltirib chiqaradi, davolash samaradorligini pasaytiradi va klinik asoratlar xavfini oshiradi. Farmatsevtik yondashuvlar — antibiotik tanlashning individuallashtirilgan protokollari, doza va davolash muddatini optimallashtirish, kombinatsiyalangan terapiya va profilaktik strategiyalar — infeksiyalarni nazorat qilishda asosiy vosita sifatida qaraladi.
Fields of Study & Subjects
Antibiotic Use and Resistance
Oral microbiology and periodontitis research
Antibiotic Resistance in Bacteria
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 9 February 2026