ARAB TILINI O'RGANISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN'IY INTELLEKTNING BOSHLANG'ICH BOSQICHDAGI ROLI
Abstract
Ushbu maqolada arab tilini o‘rganish jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (Artificial Intelligence) vositalarining boshlang‘ich bosqichdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi zamonaviy texnologiyalarning arab tilini o‘qitish samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tavsifiy, tahliliy va qiyosiy usullardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt asosidagi ilovalar, audio va video materiallar boshlovchi o‘rganuvchilarning talaffuz, eshitib tushunish va lug‘at boyligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqola arab tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan boshlang‘ich kurs talabalari, arab tiliga ixlosmand oʻquvchilar hamda o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Xulosa sifatida aytish mumkinki, raqamli texnologiyalar arab tilini o‘qitish metodikasini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Fields of Study & Subjects
Arabic Language Education Studies
Artificial Intelligence in Education
Foreign Language Teaching Methods
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 9 February 2026