O'ZBEKISTONNING YANGI BOZORLARGA CHIQISHIDA FAOL MARKETING VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING INTEGRALLASHGAN MODELI

Read full text
Authors: Sunnatillo Baqoyev
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston korxonalarining yangi bozorlarga chiqish jarayonida faol marketingvositalaridan foydalanishning integrallashgan modeli ishlab chiqiladi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida an’anaviy eksportyondashuvlari ko‘p hollarda yetarli natija bermayotgani sababli, korxonalar uchun interaktiv, tezkor va o‘lchanadiganmarketing instrumentlariga ehtiyoj kuchaymoqda. Tadqiqotdagi asosiy bilim bo‘shlig‘i shundan iboratki, O‘zbekistondayangi bozorlarga chiqishda faol marketing vositalari ko‘pincha fragmentar qo‘llaniladi va ularni bosqichma-bosqichintegratsiyalovchi konseptual model yetarli darajada shakllanmagan.Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli tahlil, SWOT va PESTEL, ekonometrik baholash hamda xorij tajribasini (xususan,Xitoy raqamli marketing modeli) qiyosiy o‘rganish usullaridan foydalanildi. Natijada O‘zbekiston sharoitiga mos 10bosqichli EXPOMARKET konseptual modeli taklif etildi. Model bozorga kirish jarayonini to‘liq hayotiy sikl sifatida qamrabolib, har bir bosqichda mos faol marketing vositalarini belgilaydi.Tadqiqot natijalari faol marketing vositalarini integrallash korxonalarning bozorga moslashuvi va eksport natijalarinioshirishini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuvning amaliy ahamiyati eksportga yo‘naltirilgan korxonalar uchun strategikrejalashtirishni tezlashtirish, marketing xarajatlari samaradorligini oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishda namoyonbo‘ladi.

Fields of Study & Subjects

Marketing and Advertising Strategies Digital Marketing and Social Media International Business and FDI

Publication details

Publication date
1 February 2026
Language
TR