RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA MUHITIDA MENEJER VA JAMOA XULQ-ATVORINING TRANSFORMATSIYASI
Abstract
Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya muhiti sharoitida menejer va jamoa xulq-atvorining transformatsiyasi ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilindi. Hozirgi global raqamlashuv jarayonlari, masofaviy ishlash, onlayn platformalar va raqamli boshqaruv instrumentlari tashkilotlarda boshqaruv munosabatlari va jamoaviy hamkorlik shakllarini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Tadqiqotning maqsadi - raqamli muhit ta’sirida menejer va jamoa xulq-atvorining transformatsiyasini aniqlash va uning boshqaruv samaradorligiga ta’sirini baholash. Maqolada tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va ilmiy manbalarni umumlashtirish usullari qo‘llanildi. Shuningdek, tadqiqot natijalari raqamli muhitda menejerning nazoratchi funksiyasidan ko‘ra koordinator va motivator rolining kuchayganini, jamoa a’zolarining mustaqillik, mas’uliyat va raqamli kompetensiyalari ahamiyati ortib borayotganini ko‘rsatdi.
Fields of Study & Subjects
Corporate Management and Leadership
Leadership and Management in Organizations
Team Dynamics and Performance
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 9 February 2026