BOLALARDA YO'G'ON ICHAKNING FIKSATSIYA VA ROTATSIYA ANOMALIYALARINING KLINIK KECHISHI VA YOSHGA BOG'LIQ XUSUSIYATLARI
Abstract
Bolalarda yo‘g‘on ichakning fiksatsiya va rotatsiya anomaliyalari (YIFvRA) ovqat hazm qilish tizimining tug‘ma nuqsonlari orasida murakkab va kam uchraydigan patologiyalar qatoriga kiradi [3,6,8]. Ushbu holatlar embrional rivojlanish davrida ichak nayining fiziologik aylanishi va qorin bo‘shlig‘ida normal anatomik joylashuvining buzilishi natijasida shakllanadi [6,10]. Natijada ichak segmentlarining patologik harakatchanligi, noto‘g‘ri joylashuvi va yetarli darajada fiksatsiyalanmasligi yuzaga keladi [5,6]. YIFvRAning klinik ahamiyati shundaki, kasallik turli yosh davrlarida har xil klinik ko‘rinishlar bilan namoyon bo‘ladi [2,8]. Ko‘p hollarda belgilar nospetsifik bo‘lib, funksional ichak buzilishlari, surunkali ich qotishi yoki ovqat hazm qilish tizimining yetilmaganligi bilan adashtiriladi [3,4]. Bu esa tashxisning kech qo‘yilishiga va og‘ir asoratlar rivojlanishiga sabab bo‘ladi [9]. Ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ichak volvulusi, ichak ishemiyasi va peritonit kabi hayot uchun xavfli holatlar rivojlanish ehtimoli yuqori [2,10]. So‘nggi yillarda bolalar jarrohligi amaliyotida YIFvRAga nisbatan qiziqish ortib bormoqda, biroq kasallikning yoshga bog‘liq klinik xususiyatlarini yetarli darajada baholamaslik holatlari hanuz uchrab turibdi [1,4]. Shu sababli YIFvRAning turli yosh guruhlaridagi klinik kechishini tizimli ravishda o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi [6,9].
Fields of Study & Subjects
Intestinal Malrotation and Obstruction Disorders
Gastrointestinal disorders and treatments
Congenital gastrointestinal and neural anomalies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 9 February 2026
- Document type
- Dataset