QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORIDA YASHIL INSTRUMENTLARNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Read full text
Authors: Turdiboyev Davlatmirzo Muxtorali o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tezisda qimmatli qog‘ozlar bozorida yashil moliyaviy instrumentlarni joriy etishning nazariy asoslari, iqtisodiy va ekologik ahamiyati hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida yashil obligatsiyalar, ESG (Environmental, Social, Governance) mezonlariga asoslangan qimmatli qog‘ozlar va barqaror investitsiya instrumentlarining kapital bozorlaridagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, yashil instrumentlarning investitsiya oqimlarini ekologik barqaror, energiya samarador va iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan loyihalarga yo‘naltirishdagi roli asoslab beriladi. Xalqaro tajriba tahlili asosida ushbu instrumentlarni milliy qimmatli qog‘ozlar bozoriga joriy etishda normativ-huquqiy baza, institutsional muhit va moliyaviy infratuzilmani takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari yashil moliya mexanizmlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtirish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Sustainable Finance and Green Bonds Business and Economic Development Finance Markets and Regulation

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 February 2026