AZOTLI ORGANIK BIRIKMALAR ASOSIDA MODIFIKATSIYALANGAN OLTINGUGURTLI BETON OLISH JARAYONINING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARI

Read full text
Authors: Dilnoza Shavkatova
Cited by: 0

Abstract

Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha qurilish sohasidagi ishlab chiqarish sanoatida mavjud texnologiyalarni takomillashtirish va yangi texnologiyalarni kiritish orqali fizikaviy ta’sirlarga, kimyoviy agressiv muhitlarga chidamli, uzoq muddatlarda ham yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan, ekologik jihatdan xavfsiz va iqtisodiy samarador qurilish materiallarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmoqda. Shunga ko‘ra, oltingugurtli qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, olinadigan oltingugurtli materiallarning tuzilishi, xossalarini aniqlash orqali uning sifatini, yong‘inga bardoshligini oshirish uchun turli reaksion faol organik modifikatorlar tanlash ilmiy va amaliy jihatdan juda muhim sanaladi.

Fields of Study & Subjects

Structural mechanics and materials Innovative concrete reinforcement materials Concrete and Cement Materials Research

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 February 2026
Language
UZ