YADRO KIMYOSINING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Read full text
Authors: M.I. Asqarova, U.Sh. Riksiyeva
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy tashxis qo‘yish moslamalarining jadal rivojlanishi bu yadro kimyosining tibbiyotda yuksalishiga olib keldi. Yadro kimyosi yadroda boradigan o‘zgarishlar, radioaktiv izotoplar, radiaktiv elementlarning hosil bo‘lishi va yadro reaksiyalarini o‘rganadi. Radioaktiv izotoplar turli diagnostic va terapevtik maqsadlarda qo‘llaniladi. Masalan, onkologik kasalliklarni aniqlash va ularni davolashda, ichki organlarda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarni tekshiruvida va radioaktiv nurlar orqali davolashda yadro kimyosi muhim o‘rin tutadi. Maqolada yadro tibbiyoti sohasidagi zamonaviy innovatsiyalar, positron-emission tomografiya(PET), radioterapiya haqida ma’lumot berilgan. Yadro kimyoviy tadqiqotlar natijasida inson salomatligini yaxshilash, kasallikka erta tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirish va davolash strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatlari tahlil qilingan.

Fields of Study & Subjects

Radiopharmaceutical Chemistry and Applications Medical Imaging Techniques and Applications Advances in Oncology and Radiotherapy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 February 2026
Language
UZ