O'ZBEKISTONDA MILLIY "YASHIL" IQTISODIYOT TAKSONOMIYASINI JORIY ETISHDA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGINING INSTITUTSIONAL ROLI VA MOLIYAVIY MEXANIZMLARI

Read full text
Authors: Mubarov Xondamir
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekistonda milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini joriy etish jarayonida Iqtisodiyot va moliya vazirligining institutsional roli hamda moliyaviy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasining mazmun-mohiyati, uni joriy etishning iqtisodiy va moliyaviy ahamiyati hamda davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan normativ-huquqiy tartibga solish, strategik rejalashtirish va moliyalashtirish instrumentlarining samaradorligi baholanadi. Tezisda xalqaro tajriba asosida milliy taksonomiyani takomillashtirish, “yashil” investitsiyalarni rag‘batlantirish va barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

Fields of Study & Subjects

Business and Economic Development Sustainable Finance and Green Bonds Sustainable Development and Environmental Management

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
9 February 2026
Language
UZ