TA'LIM JARAYONLARIDA MATLAB DASTURINI QO'LLASH METODIKALARNI TADQIQ QILISH

Read full text
Authors: Mahmudov G'iyosjon Baqoyevich, Sobirov Suxrob San'at o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida dasturlash, fizika, kimyo hamda muhandislik fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xususan, darslarning amaliy qismini virtual reallik texnologiyalari asosida tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim jarayonida innovatsion va interaktiv vositalardan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Tadqiqot davomida virtual laboratoriyalar va MATLAB muhitlardan foydalanishda texnik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, o‘qituvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarining yetishmasligi, ta’lim dasturlariga virtual reallik vositalarining to‘liq integratsiya qilinmaganligi hamda talabalarning amaliy mashg‘ulotlarga moslashish darajasi asosiy muammolar sifatida aniqlangan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida texnik va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirish, talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy raqamli ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Experimental Learning in Engineering Innovative Educational Technologies Educational Technology and E-Learning

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 February 2026
Language
UZ