BOSHLANG'ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYANI O'RGATISH USLUBLARI

Read full text
Authors: N.S. Sadiyev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya o‘rgatish uslublarining dolzarbligi tahlil qilinadi. XXI asrda bolalar orasida jismoniy faoliyatning pasayishi va kompyuter texnologiyalarining ortishi kabi muammolar sababli, boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya o‘rgatishning samarali uslublari muhim ahamiyatga ega. Bolalar jismoniy faoliyat orqali nafaqat sog‘lom jismoniy rivojlanishni, balki intellektual va ijtimoiy rivojlanishni ham qo‘lga kiritadilar. Maqolada jismoniy tarbiya o‘qitishda qo‘llaniladigan asosiy uslublar, jumladan ko‘rsatish va tushuntirish, amaliy mashg‘ulotlar, o‘yin texnologiyasi, musobaqa va differensial yondashuvlar kabi metodlar keltiriladi. Shuningdek, innovatsion yondashuvlar, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni jismoniy tarbiya jarayoniga joriy etish, fanlararo integratsiyalashgan o‘qitish va zamonaviy fitnes uslublarining ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, maqola jismoniy tarbiya darslarining samarali tashkil etilishi bolalar uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, jismoniy va ruhiy rivojlanishning yaxshilanishiga yordam beradi, bu esa kelajakda yosh avlodning sog‘lom va baxtli hayotini ta’minlashga zamin yaratadi.

Fields of Study & Subjects

Physical Education and Training Studies Physical Education and Pedagogy Physical Education and Gymnastics

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 February 2026
Language
UZ