QARATQICH KELISHIGINING GAP TUZILISHIDAGI O'RNI: AN'ANAVIY VA AVTOMATIK TAHLIL QIYOSI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilida qaratqich kelishigining gap tuzilishidagi o‘rni hamda uning avtomatik sintaktik tahlildagi xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida qaratqich kelishigi har doim ham ochiq grammatik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanmasligi, ayrim hollarda belgisiz shaklda namoyon bo‘lishi yoki egalik qo‘shimchasining tushib qolishi aniqlanadi. Shuningdek, egalik qo‘shimchasining mavjudligi har doim ham qaratqich kelishigini talab qilmasligi, xususan, nomlash (atash) xarakteriga ega bo‘lgan birikmalarda semantik egalik munosabati yuzaga kelmasligi asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Syntax
Semantics
Linguistic Variation
Linguistics and Cultural Studies
Linguistics and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- ACUMEN INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
- Publication date
- 10 February 2026
- Language
- UZ