MAKTABGACHA TA'LIM BOSHQARUVIDA RAHBARLARNING KASBIY MALAKASI VA TA'LIM SAMARADORLIGI O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK
Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarlarning kasbiy kompetensiyalarining pedagogik jarayon samaradorligi hamda bolalarning ta’limiy yutuqlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda rahbarlik salohiyati, strategik boshqaruv, pedagogik kompetensiya, kommunikativ madaniyat hamda mahalla va jamoatchilik bilan hamkorlikning ta’lim sifati bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida sifat menejmenti mexanizmlari va rahbarlar malakasini oshirish dasturlarining ta’lim muassasalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, rahbarlarning professional kompetensiyalari bolalarning akademik rivoji, ijtimoiy moslashuvi hamda shaxsiy kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Ayniqsa, ta’lim jarayoniga mahalliy hamjamiyatni jalb etishning samaradorligi va bu jarayonning 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasidagi davlat siyosati bilan uyg‘unligi tahlil qilinadi.
Fields of Study & Subjects
School Leadership and Teacher Performance
Education and Teacher Training
Early Childhood Education and Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 10 February 2026
- Language
- UZ