ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotida beqiyos o‘rin tutgan buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning hayoti, ijodiy faoliyati hamda ilmiy-badiiy merosi yoritiladi. Unda Navoiyning temuriylar davridagi ijtimoiy-siyosiy muhitda shakllangan shaxsiyati, ta’lim-tarbiyasi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va turkiy til rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, shoirning “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” kabi asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ilm-ma’rifat va komil inson g‘oyalari ochib beriladi. Maqolada Alisher Navoiyning badiiy va ilmiy merosining bugungi davrdagi ahamiyati hamda yosh avlod ma’naviy kamolotidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Turkish Literature and Culture
Linguistics and Cultural Studies
Biographical and Historical Analysis
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 10 February 2026
- Language
- UZ