ZAMONAVIY TURMUSH TARZIDA GIGIYENIK RISKLARNI BAHOLASHNING INTEGRALLASHGAN KO'RSATKICHLARI
Abstract
Zamonaviy turmush arsi sharoitida aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi gigiyenik xavf omillari soni va xilma-xilligi ortib bormoqda. Urbanizatsiya, ekologik muammolar, mehnat va maishiy sharoitlarning o‘zgarishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning kamayishi hamda psixoemotsional zo‘riqishlar gigiyenik risklarning shakllanishida muhim omillar hisoblanadi. Mazkur maqolada zamonaviy turmush tarziga xos bo‘lgan gigiyenik risklarni baholashda integrallashgan ko‘rsatkichlardan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda gigiyenik xavf omillari kompleks yondashuv asosida guruhlarga ajratilib, ularning aholi salomatligiga ta’siri baholandi. Integrallashgan ko‘rsatkichlar yordamida gigiyenik risklarning umumiy darajasi aniqlanib, ularni past, o‘rtacha va yuqori toifalarga ajratish imkoniyati ko‘rsatib berildi. Olingan natijalar integrallashgan baholash usullarining gigiyenik holatni ob’ektiv tahlil qilish, profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi muhim rolini tasdiqlaydi
Fields of Study & Subjects
Human Health and Disease
Health and Lifestyle Studies
Healthcare Systems and Public Health
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 10 February 2026
- Language
- UZ