PAXTA TOLALI MATOLARNI BO'YASH JARAYONIGA BIOPOLIMERNING XOSSALARIGA BOG'LIQLIGI
Abstract
Quyidagi ilmiy ishda paxta tolali mato namunalarini aktiv bo’yovchi moddalar bilan bo’yash jarayonlarida modifikator sifatida “Bombxy mory” biopolimerini qo’llash imkoniyati o’rganilgan. Bo’yash jarayoniga biopolymer xitozanning xossalari, jumladan molekulyar massasi, polidisperslik indeksi va qovushqoqlikning bog’liqligi o‘rganilgan. Tadqiqot ishlari uchun past 66*103, o‘rta 198*103 va yuqori 274*103 kDa molekulyar og’irlikdagi turli xossalarga ega xitozan polimerlaridan foydalanildi. Natijalarda rang intensivligi, havo o‘tkazuvchanlik va qattiqlikni hisobga olib bo’yash jarayoni uchun muofiq biopolimer etib o‘rta molekulyar og‘irlikdagi xitozan polimeri tanlandi.
Fields of Study & Subjects
Dyeing and Modifying Textile Fibers
Nanocomposite Films for Food Packaging
Textile materials and evaluations
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 10 February 2026
- Language
- UZ
- Document type
- Dataset